Prezident suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarida elektr iste’moli 8,3 mlrddan 6,8 mlrd kVt/soatga kamayganini, lekin bu yetarli emasligini ta’kidladi. U xorazmlik fermerlarning energiya tejash borasidagi tajribasini kengaytirish, shuningdek, 2 ta asosiy nasos stansiyasi uchun tender e’lon qilishni topshirdi.
Prezident nasos stansiyalaridagi ma’lumotlarni jamlab, tahlil qiluvchi axborot tizimi yo‘qligini tanqid qildi. Shu sababli endi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi va u xuddi shunday tizim ishga tushiradi.
O‘zbekistonda suv yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida kanallarni betonlash dasturini davom ettirish rejalashtirilmoqda. 2025-yilda bu maqsadga 800 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Prezident betonlangan kanallarda suv oqimini tezlashtirish hisobiga kichik GESlar qurish imkoniyatini qayd etdi.
“Kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” doirasida 2024-yilda magistral kanallarning 1 ming kilometr qismini betonlash reja qilinmoqda. Buning uchun davlat budjetidan 500 mlrd so‘m pul ajratilgan. Xorijiy investitsiyalar hisobidan esa 200 mln dollar mablag‘ jalb etilgan.
Prezident barcha manbalar bo‘yicha yagona suv balansini yuritish va davlat suv kadastrini tashkil etish uchun Suv xo‘jaligi vazirligini mas’ul etib belgiladi. Vazirlik tarkibida Ekspluatatsiya agentligi va Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti tashkil etilmoqda.
Prezident suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha yig‘ilishda bir yil davomida suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimiga o‘tilishini ta’kidladi. Suv yo‘qotishlari oqibatida iqtisodiyot yiliga 5 mlrd dollar daromadni boy berayotgani sabab suv xo‘jaligida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilindi.
Tarmoqlarda prezident maslahatchisi o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev yig‘ilishda hokimlar va suv xo‘jaligi rahbarlarini qo‘shib yozish va sug‘orish ishlari sifatsiz olib borilayotgani uchun tanqid qilgan video tarqaldi. U prokuraturaga Qashqadaryo viloyatining uchta tumani hokimlarini jinoiy javobgarlikka tortishni buyurdi.
Shuhrat G‘aniyev Turkmaniston VM raisi o‘rinbosari bilan Turkmanistonda joylashgan O‘zbekiston suv xo‘jaligi obyektlarida ishlovchilar uchun “vaxta” rejimini bekor qilish, 2 ta chegara posti faoliyatini qayta tiklash, Amudaryo suv resurslarini birga boshqarishni avtomatlashtirish kabi masalalarni muhokama qildi.
Prezident suv xo‘jaligi tizimidagi ayrim takliflarni ma’qulladi. Endi Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Sirdaryoda yopiq quvurli sug‘orish tizimi yaratiladi. Nasos stansiyalari xususiy sheriklikka ham beriladi. Donli ekin va sabzavotni suv tejovchi tizimda yetishtirganlar gektariga 8 mln so‘mgacha subsidiya oladi.
299 ta eskirgan nasos stansiyalarini modernizatsiya qilishga 700 mln yevro talab etiladi, deya xabar qildi prezident. Mazkur loyiha amalga oshirilgach, 78 ming gektar yer qo‘shimcha foydalanishga kiritish, 78 mln kVt*s elektr energiyasini va 56 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larini tejashga imkon yaratadi. Birinchi bosqichda 98 ta stansiyani modernizatsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, buning uchun 146 mln yevro kredit talab qilinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga kelib, suv xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Prezident Samarqand, Toshkent va Namangan viloyatlarida suv tejovchi texnologiyalar uchun uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish vazifasini qo‘ydi. Shuningdek, suv sarfini kamaytirish maqsadida dalalarni lazer yordamida tekislash texnologiyasi joriy etiladi. Buning uchun 250 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratiladi.
Prezident suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020−2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, mamlakat suv xo‘jaligi sohasida 10 yilda qator ko‘rsatkichlarini yaxshilab, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etadi. Konsepsiya ijrosi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Shuningdek, Suv kodeksi ishlab chiqiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting